PROFILAKTIK TADBIRLAR O'TKAZILMOQDA 

Kattaqo'rg'on shahar Favqulodda Vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan shahardagi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha joylarda profilaktik suhbatlar, targ'ibot tadbirlari hamda tushuntirishlar olib borilmoqda.

Xususan, hududdagi ob'ektlarda gaz bilan bogʻliq koʻngilsiz holatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, isiitish pechlarining dudburonlarini toza va soz holatda boʻlishi hamda xavfsizlik qoidalariga qatʻiy rioya qilish boʻyicha korxona-tashkilot, muassasalarning masʼul shaxslariga tegishli koʻrsatmalar berilmoqda. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM