ZAKOVATDA XOTIN-QIZLAR BELLASHDILAR

Image_tadbir: 

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida keng targ'ib etish bo'yicha qonun ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimligi tashabbusi bilan zakovat intellektual o'yini "Kattaqo'rg'on shahar hokimi kubogi" bahslari bo'lib o'tdi.

"Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida tashkil qilingan bahslarda shahrimizdagi korxona-tashkilot hamda muassasalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat jamoalar o'zaro bahslashdi.

Zakovatda SamDU Kattaqo'r'g'on filialining "SAMDU KF OLIMALARI" JAMOASI faxrli 1-o'rinni egalladi. Shuningdek, 2-o’rinni 1 sektor xotin-qizlar faollai hamda 3-o’rinni 4-sektor xotin-qizlar faollari qo’lga kiritdi. G’olib  jamoalarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.


Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM