TEATRLAR HAMKORLIK QILISHADI

Image_tadbir: 

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Tugalov va Ozarbayjon Respublikasi Sumgayit davlat drama teatri direktori Vidadi Mamedovlar doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, Ozarbayjon Respublikasi Sumgayit davlat drama teatri rahbariyatining tashabbusi bilan rasmiy Memorandum imzolandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlarining madaniy aloqalarini rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, dramaturglar, rejissyorlar, rassomlar, aktyorlar xizmati, tajriba almashish, yuqori saviyali milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek taniqli ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrollar safarlari tashkil etishda hamkorlikni amalga oshirish, kelgusida amalga oshirilayotgan istiqbolli rejalari kelishib olindi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM