O‘QUV - SEMINARI O‘TKAZILDI

Avval xabar berganimizdek, bugun shahrimizdagi 2-IDUM Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarni shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov ochib berdi.

Tadbir avvalida shahrimizda ta’lim tizimidagi islohotlarni keng targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatgan maktab direktorlariga shahar hokimligining tashakkurnomasi topshirildi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar seminarning mazmun -mohiyatiga to‘xtaldilar.

Kun bo‘yi davom etgan seminarda O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha ustuvor vazifalar, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarni oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish to‘g‘risidagi mavzular bo‘yicha  mas’ullarning ma’ruzalari eshitildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM