Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahri, Buxoro 2-berk koʻchasi atrofidan oqib oʻtuvchi zovur boʻyicha videomurojaat tarqalgan. Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, ushbu ochiq suv kollektori yaqinidagi aholi xonadonlari va ishlab-chiqarish korxonalaridagi hozirda mavjud vaziyat oʻrganilmoqda. Oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.