MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar Amir Temur mahallasi 2-koʻp qavatli uyning tarnovi tushib ketganligi va shirkatga qilingan murojaat hal etilmayotganligi boʻyicha videomurojaat tarqalgan. 
Mazkur murojaat yuzasidan shahar uy-joy kommunal xoʻjalik boʻlimi boshligʻi Sh.Saydiyevning maʼlum qilishicha, ushbu koʻp qavatli uyga “Marokand Smart” MCHJ boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat koʻrsatilib, kechagi kuchli shamol taʼsirida uyning suv tarnovi tushib ketganligi boʻyicha aholi murojaati joyiga borib oʻrganilgan va nazoratga olingan hamda tez kunda zarur koʻtarma texnikasi jalb qilinib, muammo bartaraf etiladi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM