Bolalarga bering dunyoni!

Image_tadbir: 

Bugun shahrimizning "Chinobod"  mahallasida 1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni!" nomli bayram tadbiri tashkil etildi. 

Mazkur tadbirda mahalladagi bolajonlar tomonidan tayyorlangan musuqali chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek tadbir yakunida mahallaning nuroniy otaxon va onaxonlari hamda mahalla beshligi tomonidan bolajonlarga esdalik sovg'alari, muzqaymoqlar tarqatildi.  

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.                                 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM