Shahar hokimi murojaatlarni joyida o‘rgandi

Shahar hokimining qabulida joyiga chiqqan holda o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ham tushgan edi. Shundan kelib chiqib, shahar hokimi Gavhar Alimova fuqarolardan tushgan ana shunday murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida oilaviy nizoni bartaraf etish, uy-joyini ta’mirlashda moddiy yordam so‘ragan va boshqa murojaatlarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shu kuni ikkita oilaga “Temir daftar”ga kiritish orqali yordam ko‘rsatishga kelishildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM