TALABALAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI

Giyohvandlik - xavfli illat. Ayniqsa yoshlarning, xotin-qizlarning ushbu illat ta’siriga tushib qolishi juda achinarli. U millatning kelajagiga ta’sir qiladi. Talaba yoshlarni asr vabosiga aylangan ushbu illatdan saqlash, ularni giyohvandlikka qarshi kurashishga undash maqsadida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida talaba yoshlarga giyohvandlikni ayanchli oqibatlari to‘g‘risida shahar Tibbiyot birlashmasi narkolog vrachining ma’ruzasi va maxsus tayyorlangan videofilm namoyishi hamda mavzu bo‘yicha viktorina tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida konsert dasturi tashkil etilda hamda faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga tashakkurnoma va Faxriy Yorliqlar topshirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM