JINOYATLARNI OLDINI OLISHDA PROFILAKTIK TADBIRLAR MUHIM

Xalqimizda bir maqol bor: «Kasallikni davolagandan ko‘ra, ancha oldin chorasi ko‘rilib, oldini olgan afzal». Profilaktika asosida huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan hudud va shaxslar oldindan aniqlanib, u yerda tashviqot ishlarining olib borilishi jinoyatlarni oldini olishda muhim samara berishi shubhasiz.

O‘tayotgan hafta davomida shahrimizdagi mahallalarda aholi, yoshlar o‘rtasida shu maqsadda davra suhbatlari, yig‘ilishlar tashkil qilindi.

Jumladan, shunday yig‘ilishlar “G‘arb machit”, “Ermachit” hamda “Damariq” mahallalarida ham o‘tkazildi.

Ularda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar IIB boshlig‘i G‘ulom Islomov, mahalla faollari, yoshlar va aholi vakillari ishtirok etdi.

Shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Ubaydullaev tomonidan mahallalarda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tafsiloti bayon qilindi. Aksariyat jinoyatlar fuqarolarning ichkilikni me’yoridan ortiq iste’mol qilishi oqibatidagi  janjallar, bemaqsad yurishlar, biror ish bilan shug‘ullanmaslik, oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onalar tomonidan yetarlicha tarbiyaviy ishlarning olib borilmaganligi oqibatida sodir etilgan.

Shahar hokimi Gavhar Alimova bu borada gapirar ekan, jinoyatlarni oldini olishda nafaqat Ichik ishlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki, mahalla faollari, keksalar, jamoatchilik vakillari hamkorlikda ish olib borishi lozimligini, mahallalarda profilaktik, ma’naviy-ma’rifi tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada ko‘proq o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish, jinoyatchlikka huquqbuzarliklarni sodir etishga moyilligi bo‘lgan fuqarolar ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, nosog‘lom oilalar bilan ishlash lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, muhokama yig‘ilishlarida shahrimizdagi mahallalarni xavfsiz va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, bu borada mas’ullarning vazifalari haqida so‘z yuritildi.  

Kelgusida har bir mahallada jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va shu asosda tizimli ishlarni olib boish bo‘yicha mutasaddilarga zaruriy topshiriqlar berildi.

Mahallalarda ushbu yo‘nalishdagi yig‘ilishlar, targ‘ibot ishlari davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM