Aholi murojaatlari o‘rganildi

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Shahar Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabul davomida 40 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar. Qabulda fuqarolardan ishga joylashish, moddiy yordam, sog‘lig‘ini tiklash uchun yordam, uy-joy bilan ta’minlash, oilaviy va boshqa mazmundagi murojaatlar tushdi.

O‘rganish davomida 10 ga yaqin murojaatlar joyida hal etildi, 6 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolgan murojaatlarga ijrosini ta’minlash uchun mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati .

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM