MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda shahrimizning “Qoradaryo” koʻchasidagi yoʻl holati boʻyicha murojaat tarqalgan. 
Viloyat ahamiyatidagi “Qoradaryo” koʻchasi Kattaqoʻrgʻon shahar  “Nurafshon” mahallasi hududidan oʻtgan. Kuzatilgan yogʻingarchiliklar natijasida koʻchaning ayrim qismlari taʼmirtalab holatga kelib qolgan. Mazkur holat boʻyicha hozirda shahar hokimligi tomonidan viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasiga xabar berilgan va yuzaga kelgan muammo tez kunlarda tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan taʼmirlanib bartaraf etilishi maʼlum qilinmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM