MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar “Damariq” mahallasi hududidagi 4-maktab oldi koʻchasida yuzaga kelgan nosozlik boʻyicha maʼlumot tarqaldi.
Ushbu hududdagi suv quvuri avariya xolatiga kelganligi sababli shahar suv tarmoqlari korxonasi tomonidan qazilib nosozlik bartaraf etilgan.
Bugungi kunda kuzatilayotgan yogʻingarchiliklar natijasida mazkur joyda choʻkish xolati kuzatilgan.
Mazkur holat bugungi kunda shahar suv tarmoqlari korxonasi tomonidan bartaraf etildi.
Joriy yilning yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq havo oqibatida shaharning bir qancha hududlarida ham shunga uxshash holatlar kuzatilib yoʻllarda asfalt qoplamasining buzilishi vujudga kelgan.
Shahar hokimligi tomonidan mazkur muammolar nazoratga olingan boʻlib, havo harorati koʻtarilgandan soʻng shaharning barcha koʻchalarida yuzaga kelgan muammolar bartaraf qilinishi belgilab olingan.  

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM