MUNOSABAT

Bugun telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Samarqand viloyatining boshqa hududlarida “svet” bo‘yicha murojaatlar deyarli yo‘q, ammo Kattaqo‘rg‘on shahrida chiroq o‘chmagan kun yo‘q” degan mazmunda murojaat e’lon qilindi.

Keyingi paytlarda yoqilg‘i va quvvat yetishmasligi hamda yuqori iste’mol vaqtlarida belgilangan iste’mol topshirig‘ini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar to‘xtab qolishining oldini olish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol muvozanatini ushlab turish, ta’minotdagi tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida viloyatimiz hududlarida, xususan, Kattaqo‘rg‘on shahrida ham elektr energiyasi ta’minotiga oid qisqa muddatli cheklovlar kiritilgan.

Shu sababli hozirgi kunda shahar hududida ham elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.

Agarda elektr uzatish tarmoqlarida yuklamalarning ortishi natijasida avariya holatlari kuzatilsa, elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Kattaqo‘rg‘on shahar elektr ta'minoti korxonasi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM