Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasining “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i G‘aniyev Farrux Izzatilloyevichning MUROJAATI

Assalomu alaykum,

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

 Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi “Soliqchi – ko‘makchi tamoyili asosida faoliyat yuritishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Xo‘sh, shu o‘rinda “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyilining mazmun-mohiyati nimalardan iborat, degan o‘rinli savol tug‘ilishi tabiiy. Eng avvalo, ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyingi bosqichda asosiy e’tibor tadbirkorlik sub’ektining oyoqqa turib olishiga, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha ko‘maklashishga qaratiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasiga dekabr oyi uchun budjet daromadlariga 5 300.0 mln.so‘mlik reja belgilangan. Amalda esa 5 603.0 mln.so‘mga tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 105.8 foizga

(303.0 mln.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Jumladan , dekabr oyida jismoniy shahslarning daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan 2 978.0 mln.so‘mlik reja haqiqatda 3 351.8 mln.so‘m (112.5 foiz)ga, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha belgilangan 330.3 mln.so‘mlik reja haqiqatda 351.8 mln.so‘m (106.5 foiz)ga,  yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy solig‘i bo‘yicha belgilangan 197.5 mln.so‘mlik reja haqiqatda 202.3 mln.so‘m (102.5 foiz)ga, jismoniy shahslarning mol-mulk va yer solig‘i buyicha belgilangan 313.5 mln.so‘mlik reja haqiqatda 323.5 mln.so‘m (103.2 foiz)ga bajarilganini ta’kidlash joiz.

Belgilangan rejaning ortig‘i bilan bajarilishida har bir tadbirkorlarning muammolarini tushungan holda, ularga yaqin ko‘makchi sifatida ish tashkil qilingani asosiy sabab desam yanglishmayman.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari faoliyati tadbirkorlarni jazolashga emas, aksincha ularga eng yaqin ko‘makchi bo‘lish, ishbilarmon doira vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Demak, faoliyatimizga baho soliq qonunchiligi buzilishi qay darajada kamaygani, tadbirkorlarni ortiqcha sarf-xarajatlardan saqlab qolish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qarab beriladi.

Faoliyatini boshlayotgan tadbirkor qator muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas. Ayni jarayonda ularga davlat soliq xizmati organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lishi zarur.  

Darhaqiqat soliq xodimi eng avvalo, yangi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanini tanlab berishimiz zarur.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 1287 ta tadbirkorlik subyektlari o‘rganildi. Shundan 1155 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 307 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 25 ta, soliq rejimini tanlashda 63 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 96 ta, E-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish yuzasidan 389 ta, 21779,1 mln. so‘mlik QQS solig‘idagi mavjud ortiqcha to‘lovni qaytarishda 41 ta, 332,4 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 68 ta, 1097,9 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi muddatini uzaytirishda 1 ta tadbirkorlik subyektiga ko‘maklashildi. Shuningdek, 200,0 mln so‘mlik imtiyozli kredit olishda 1 ta, tadbirkorga amaliy yordam berildi.

Masalan, "QUALITY OIL 7777 MCHJga soliq rejimini tanlash bo‘yicha ko‘maklashildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli Qarori bu borada muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘yicha 2022 yilning dekabr oyida o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar soni 644 nafarni tashkil etmoqda. Shundan, 329 nafari ijtimoiy yo‘nalish, 63 nafari maishiy xizmatlar yo‘nalishi, 60 nafari sanoat, 90 nafari qishloq xo‘jaligi, 17 nafari axborot-komunikasiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar, 85 nafari xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zini-o‘zi band qildi.

Telegramdagi Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasining www.t.me/kattakurgan_sh_4_sektor rasmiy kanali orqali soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, +99866-455-21-50 raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sizlarga sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, shaharda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Shahar davlat soliq inspekqiyasi, faoliyat yurituvchi barcha darajadagi soliq hodimlari sizlarga ko‘mak berishga har doim tayyor. O‘zlaringizni qiynayotgan muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzillar orqali bemalol murojaat qilishingiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM