"FLESHMOB" konsert dasturi

Bugun Kattaqo'rg'on garnizoni harbiy qism qo'mondonligi  tomonidan shahar hokimligi oldida shahar aholisiga "FLESHMOB" konsert dasturi namoyish etildi.Tadbirdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  92-sonli Farmoyishi  ijrosini ta'minlash, "Vatanparvarlik oyligi" doirasida "Milliy armiyamiz-Yangi O'zbekistonning mustahkam qalqonidir!" shiori ostida xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shuningdek aholi o‘rtasida milliy Qurolli Kuchlarimizning nufuzini yanada oshirishdan iborat. Dastur davomidagi harbiy orkestrning musiqali hamda qo'l jangi ustalarining jangovor va Faxriy qorovulning ko'rgazmali chiqshlari aholi va yoshlar tomonidan ko'tarinki kayfiyatda qarshi olindi.


Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM