Kattaqo‘rg‘on shahrida  korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi 

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2022 yilning 1 dekabr  holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1809 tani tashkil qilib, shundan 1715 tasi yoki 94,8 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona
va tashkilotlarning asosiy qismi savdoda 655 ta (36,2 foizi), sanoat 332 ta (18,4 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 107 ta (5,9 foizi), qurilish   149 ta (8,2 foizi), tashish va saqlash 43 ta (2,4 foizi), axborot va aloqa 38 ta (2,1 foizi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 44 ta (2,4 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 136 ta (7,5 foizi) va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish  305 ta (16,9 foiz) sohalariga to‘g‘ri keladi.

M.Muminov,                                         

Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM