TUNNI KUNGA ULAB ISHLAYOTGAN FIDOIYLAR

Gohida bilib-bilmay ularga qarshi gapiramiz. Ayni kunlarda o‘zaro muhokamalarimizning asosiy sababchilari ham ular bo‘lmoqda. Ammo chetdan e’tibor berib qarasak, bugun ularning mehnati beqiyos.

To‘g‘ri, kamchiliklar yo‘q emas. Lekin fidoiylar shu kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xonadonlarga iliqlik olib kirish uchun kun-u tun doimo harakatda. 

Kunning 24 soati davomida, havo harorati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar xonadonlarda "zangori" olovning yonib turishi uchun yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etishda soha xodimlarining mashaqqatli  mehnati borligiga shubha qilmasligimiz kerak.

"Kattaqo‘rg‘onshahargaz " gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM