“Temurbek vorislari“  sinfiga qabul e’lon qiladi

Kattaqo’rg’on shahar 11-ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabi joriy  o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi 237-sonli qarori hamda  O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi  va  O’zbekiston  Respublikasi Milliy gvardiyasining 2020-yil  5- maydagi 24\23-son qo’shma qarori ijrosini taʼminlash , shuningdek ,  o'sib kelayotgan yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga Ona Vatanga sadoqat va uning mustaqilligini himoya qilish bo'yicha burch tuyg'usini shakllantirish, harbiy xizmatga hurmat tuyg'ularini singdirish, oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun yetarli bilimga ega, iqtidorli yoshlarni tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida 6- sinf bitiruvchi o'quvchilari uchun  “Temurbek vorislari“   harbiy vatanparvarlik  yo’nalishiga  ixtisoslashtirilgan   sinfga qabul e’lon qiladi.  O‘quvchilar  qabuli  cheklanmagan  bo ‘lib, hujjat qabul qilish    1-iyuldan 1-avgustga qadar davom etadi. Ushbu sinflarda jismoniy tayyorgarlik ( 5 ta normativ bajariladi, 100 ballik tizimda baholanadi ) va  ona tili (10 ta topshiriq har bir savol 3 ballik tizimda baholanadi ), matematika (10 ta topshiriq har bir savol 3 ballik tizimda baholanadi), tarix (10 ta topshiriq har bir savol 4 ballik tizimda baholanadi) fanlaridan imtihon bo‘lib o‘tadi.

P\S: ESLATIB O’TAMIZ,  USHBU SINFGA O’QISH UCHUN QIZ BOLALAR HAM QABUL QILINADI.

ILOVA

Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish tanlovlarida ishtirok etish uchun 1-avgustga qadar quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

-maktab direktori nomiga ariza;

-tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;

-086-U shakl bo'yicha tibbiy maʼlumotnoma;

-psixonervalogik, sil va teri-tanosil kasalliklari dispanseri, elektrokardiografiya (EKG) tekshiruvi maʼlumotnomalari;

-3×4 hajmdagi 6 dona fotosurat;

-o'qish  joyidan  tavsifnoma;

 Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM