KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA DEMOGRAFIYA VA MEHNAT BOZORI

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga Kattaqo‘rg‘on shahri doimiy aholi soni 92,6 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 0,7 ming kishiga yoki 0,8 foizga ko‘paydi.

SHuningdek, 2022 yilning 1 aprel holatiga Kattaqo‘rg‘on shahrida doimiy aholi sonidan erkaklar 46,3 ming kishi bo‘lib, ulushi 50,0% va ayollar 46,3 ming kishi bo‘lib, ulushi 50,0%  tashkil etgan.

Tug‘ilish darajasi. 2022 yilning yanvar-mart holatiga Kattaqo‘rg‘on shaharda tug‘ilganlar soni 839 kishini tashkil qildi.

Nikohlar va ajralishlar. 2022 yilning yanvar-mart FHDYO organlarida 136 ta nikohlar va 49 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 6,0 promillega nikoh (2021 yilning tegishli davrida 8,6 promillega) va 2,2 promillega ajralishlar (2021 yilning tegishli davrida 1,2 promillega) to‘g‘ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida Kattaqo‘rg‘on shaharda bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 106 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 171 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 65 kishiga (2021 yilning shu davrida minus 57 kishi) teng bo‘ldi.

M.Muminov,                                         

Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi boshlig‘i

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM