HARBIY XIZMATCHILARGA TAVSIYANOMALAR  BERILDI 

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o'tab bo'lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo'shatish to'g'risidagi  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan tegishli talablar asosida harbiy xizmatchilar Oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlarida to`plagan ballining 50%ni beruvchi tavsiyanomaga ega bo`lishlari belgilangan.
Kuni kecha Kattaqo`rg`on garnizonida  harbiy  xizmat davomida o`z xulq-atvori, Umumharbiy nizom qoidalariga amal qilib o`zlashtirgan bilimlari, erishgan yutuqlari natijasida safdoshlari orasida barchaga namuna bo`lgan harbiy xizmatchilar ana shunday tavsiyanomaga ega bo`ldilar.
Tadbirda ishtirok etganlar harbiy sohadagi imkoniyatlar,  yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirdilar va harbiy xizmatchilarga muvaffaqiyatlar tiladilar.


Kattaqo’rg’on shahar hokimligi Axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM