“HOKIM KUBOGI” OCHIQ BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI

Mamlakatimizda yoshlarni sportga bo’lgn qiziqishlarini oshirishga katta e’tibor qaratilgan. Bugun ushbu imkoniyatlar natijasi o’laroq shahrimizdagi BO‘SM sport maktabi sport zalida 2008-2009, 2010-2011 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida  “Hokim kubogi” ochiq birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada Kattaqo'rg'o shahri, Narpay, Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridan 120 nafar sportchi yoshlar ishtirok etdi. 

Qizg’in tarzda bo’lib o’tgan musobaqa natijalariga ko‘ra 2008-2009 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida 1-o‘rinni Paxtachi tumani, 2-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahar, 3-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on tumani sportchilari egalladi.

2010-2011 yilda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida esa 1-o‘rinni Paxtachi tumani, 2-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahar, 3-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on tumanidan kelgan yoshlar qo‘lga kiritdilar.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM