Kattaqoʻrgʻon shahridagi restoran omborxonasidan qurilish mollarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Image_tadbir: 

Kattaqoʻrgʻon shahri Obod koʻchasida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, 2021-yil 27-dekabr kunidan 2022-yilning 03-yanvar kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs uning qurilishi bitkazilmagan restorani omborxonasidan, taʼmirlash uchun olib kelingan umumiy bahosi 8.400.000 soʻm boʻlgan 22 dona qogʻoz qutida boʻlgan 132 dona boʻyoq soligan idishlarini va 4 dona yelim chelakda boʻlgan “travertin” qurilish mahsulotini yashirin ravishda talon-taroj qilib voqea joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Kattaqoʻrgʻon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Kattaqoʻrgʻon shahar “Gʻarib machit” mahallasi A.Navoiy koʻchasida yashovchi, 1980-y.t. X.S. tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, u tanishiga sotgan 34 dona boʻyoqlar tegishli tartibda daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

2015-2022 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM