Tadbirkorlarga qonunchilikdagi yangiliklar yetkazildi

Bugun 2021 yil 07 dekabr kuni Kattaqoʼrgʼon shahar hokimligi majlislar zalida Kattaqoʼrgʼon shahridagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 04-oktyabrdagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5252-sonli qarori ijrosi yuzasidan seminar oʼtkazildi. Seminarda, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Kattaqoʼrgʼon shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish qabulxonasi mudiri M.Sanaev qatnashib, qaror mazmun-mohiyati toʼgʼrisidagi ma'ruzasi tinglandi.

Uchrashuvda, 2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirgan xaridi uchun berilgan chekning fiskal belgisini Soliq mobil ilovasida matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytarilishi va boshqa oʼzgarishlar toʼgʼrisida tadbirkorlik subʼektlari vakillari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

 

Shuningdek, “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida amaliy yordam ishlarini jadallashtirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Kattaqoʼrgʼon shahar

DSI axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM