SHOSHILING QABUL DAVOM ETMOQDA!!!

Kattaqo’rg’on shahar 11-ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabi joriy o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi 237-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2020-yil 5- maydagi 24\23-son qo’shma qarori ijrosini taʼminlash , shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga Ona Vatanga sadoqat va uning mustaqilligini himoya qilish bo'yicha burch tuyg'usini shakllantirish, harbiy xizmatga hurmat tuyg'ularini singdirish, oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun yetarli bilimga ega, iqtidorli yoshlarni tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida 6- sinf bitiruvchi o'quvchilari uchun “Temurbek vorislari“ harbiy vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan sinfga qabul e’lon qiladi.O‘quvchilar qabuli cheklanmagan bo ‘lib, hujjat qabul qilish 1-20-iyulga qadar davom etadi. Ushbu sinflarda jismoniy tayyorgarlik ( 5 ta normativ bajariladi, 100 ballik tizimda baholanadi ) va ona tili (10 ta topshiriq har bir savol3 ballik tizimda baholanadi ), matematika (10 ta topshiriq har bir savol 3 ballik tizimda baholanadi), tarix (10 ta topshiriq har bir savol 4 ballik tizimda baholanadi) fanlaridan imtihon bo‘lib o‘tadi.

P\S: Eslatib o’tamiz,  ushbu sinfga o’qish uchun qiz bolalar ham qabul qilinadi.

ILOVA

Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish tanlovlarida ishtirok etish uchun 1-20 iyul kunlari quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

-maktab direktori nomiga ariza;

-tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;

-086-U shakl bo'yicha tibbiy maʼlumotnoma;

-psixonervalogik, sil va teri-tanosil kasalliklari dispanseri, elektrokardiografiya (EKG) tekshiruvi maʼlumotnomalari;

-3×4 hajmdagi 6 dona fotosurat;

-o'qish joyidan tavsifnoma;

-fanlarni o'zlashtirish to'g'risida o'qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;

-jismoniy tarbiya va sport yo'nalishi bo'yicha o'quvchining erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (faxriy yorlik, sertifikat, diplom, agar mavjud bo'lsa) dan ko'chirma;

Imtihon  belgilangan muddatda bo'ladi;

Hujjatlar  topshirilgandan keyin talabgorlar ogohlantiriladi;   

O’qish muddati : 5 yil (7-11sinflar)

Manzil: Kattaqo’rg’on  shahri, U.Barnayev ko’chasi , 61-uy. 11 - IDUM  Telefon raqami :  (93) 230-62-42

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM