Shahar hokimi qabuli o‘tkazildi
29.11.2023 - 17:40Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda 20 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Qabul davomida tushgan moddiy yordam olish, kommunal qarzdorlik, ishga joylashish, oilaviy va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarning 7 tasi joyida hal etildi, 6 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolganlarini ijrosi yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.