Янгиликлар

Viloyat hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda

Shahar hokimligida bo’lib o’tayotgan viloyat hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvida tadbirkorlarning ayrim murojaatlari bo’yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning yuqori kuchlanishli transformator o’rnatish, tadbirkorligini kengaytirish uchun kredit olish haqidagi murojaatlarini joyida borib o’rganish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shahar hokimi qabuli o‘tkazildi   

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda 20 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Qabul davomida tushgan moddiy yordam olish, kommunal qarzdorlik, ishga joylashish, oilaviy va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarning 7 tasi joyida hal etildi, 6 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolganlarini ijrosi yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi. 

 “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali o’tkazildi

Shahar Yoshlar ishlari,  madaniyat va maktabgacha va maktab  ta'limi bo'limi  hamkorligida 2-sonli Bolalalr musiqa va san’at maktabida  “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali bo'lib o'tdi.

Unda  6-10 va 11-14 ikki  yosh toifasidan 250 nafar  ijodkor yoshlar yakka, jamoaviy tarzda, 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etdilar

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM