XOTIN-QIZLAR FAOLLARINING FAOLIYATI YUZASIDAN SEMINAR OʻTKAZILDI
09.12.2023 - 16:57“Damariq” mahallasida Kattaqoʻrgʻon shahridagi mahalla xotin-qizlar faollari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻquv seminar oʻtkazildi.
Oʻquv seminarida ishtirok etgan Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan Toʻlinoy Qodirova viloyatda namunali topilgan “Damariq” va “Navbahor” mahallalari misolida xotin-qizlar faollari yuritishi kerak boʻlgan hujjatlar haqida soʻz yuritdi.