SHAHAR HOKIMI MUROJAATLARNI O‘RGANDI
15.12.2023 - 11:26Shahar hokimi Gavhar Alimova “Oq-oltin” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan qabul o‘tkazdi.
Qabulda fuqarolardan kommunal xizmatlar, yo‘l, moddiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tushdi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi.
Shuningdek, shahar hokimi fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rgandi va ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.