Янгиликлар
Munosabat
12.12.2023 - 18:49Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar Samarqand shoh koʻchasi chorrahasida svetafor ishlamayotganligi boʻyicha murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan shahar IIB YHXB boshligʻi J.Ismatullayevning maʼlum qilishicha, ushbu svetoforning elektr tizimida nosozlik kuzatilgan. Yuzaga kelgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, hozirda ushbu chorrahadagi svetoforni toʻlaqonli ishlashi taʼminlandi.
1 sektorda qabul o‘tkazildi
12.12.2023 - 17:48Bugun 1 sektordagi “Qo‘shhovuz” mahallasida sektor hududida yashovchi fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Kuchkarova, Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodiyevalar qatnashdi.
Qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolardan tushgan ko‘chani asfalt qilish, tungi yoritgichlar o‘rnatish hamda kontrakt pulini to‘lash masalasidagi murojaatlar o‘rganildi.
KUZ-QISH SHTABI FAOLIYAT OLIB BORMOQDA
12.12.2023 - 09:44Shahar hokimligida tashkil qilingan kuz- qish shtabi aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.
КАТТАҚЎРҒОН ШАҲРИДА ЯНА БИР КИТОБ ДЎКОНИ ФАОЛИЯТИНИ БОШЛАДИ
11.12.2023 - 17:40Бугун Каттақўрғон шаҳридаги 2 сектор ҳудудида китоб дўкони очилди. Каттақўрғонлик тадбиркор томонидан фаолияти йўлга қўйилган “Ўздавкитобсавдотаъминоти” МЧЖ Каттақўрғон филиалининг очилиш тадбирида шаҳар халқ қабулхонаси мудири Ҳ.Шодиева ҳамда 2 сектор ҳудудидаги маҳалла вакиллари, ёшлар иштирок этдилар.