Yurish marafoni o‘tkazildi
22.12.2023 - 09:18Shu kunlarda yurtimiz singari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil qilingan “Vatanparvarlik oyligi” uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun mazkur oylik munosabati bilan belgilangan tadbirlar doirasida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi, yoshlar ishlari agentligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasi va boshqa tashkilotlar vakillari yoshlar, harbiylar, xotin-qizlar ishtirok etdilar.