Respublikamiz singari shahrimizda ham “Yoshlar oyligi” doirasida shahar hokimligi hamda “Yoshlar ishlari agentligi” shahar bo’limi tomonidan ko’plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi. Ko’rik-tanlovlar, sport musobaqalari, zakovat intellektual o’yinlarida shahrimiz yoshlari ham juda faol ishtirok etdilar.