“Oq- oltin” mahallasi ham “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida o‘rganildi
25.02.2023 - 09:17Shahrimizdagi mahallalarda aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Kuni kecha “Oq -oltin” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlarga bag'ishlangan yig‘ilishda shahаr hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi.
Shahar hokimi o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritdi.