Янгиликлар
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
06.07.2023 - 17:37Bugun shahrimizdagi “Do’stlik” mahallasida aholini turli yot gʻoyalardan asrash maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Kattaqoʻrgʻon shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov, Respublika Maʼnaviyat va marifat markazi shahar boʻlinmasi rahbari Q.Boykalonovlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Kattaqoʻrgʻon shahri tarixini bilasiz-mi?
06.07.2023 - 09:34Shaharning moziydagi mavqeyi
Kattaqo‘rg‘onning yoshi 2 ming yildan ortiq bo'lib, shahar tarixiga aloqador yana bir yodgorlik Robinjon shahridir. Bu yerda o‘nlab tarixiy joylar, masjid-u madrasalar, qal’alar bo'lgan. Masalan, shahardagi Saripul qal’asining tariximizda o‘z o‘rni bor.
FILIALDA MATBUOT ANJUNANI O'TKAZILDI
05.07.2023 - 16:22Bugun, Samarqand davlat universiteti Kattaqo’rg’on filialida Qabul komissiyasi mutasaddilari ishtirokida qabul kvotalari, ularning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti, qabul jarayonidagi muhim yangiliklar bo'yicha matbuot anjumani bo'lib otdi.
Shahar hokimininig navbatdagi qabuli o‘tkazildi
05.07.2023 - 15:28Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Shahar Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda 50 ga yaqin fuqarolar turli masalalardagi murojaatlari bilan ishtirok etdilar.