MAHALLALARDA MUSTAQILLIK SHUKUHI
29.08.2023 - 18:51Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. Ayniqsa, mahallalarda bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida mahalla ahli faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, “O‘rikzor”, “Ziyolilar”, “Mehrjon” va “Ermachit” mahallalarida “Yangi hayot, yangi O‘zbekiston” shiori ostida ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari o‘tkazildi.