Янгиликлар

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumi boshlandi

Bugun shahrimizdagi 13 umumta’lim maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" ning ikkinchi mavsumi ochildi. Ilk bora umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan olimpiada davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.

Ochilish tadbirida ishtirok etgan shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Olov ham do‘st ham dushman

Shahrimizdagi 14 umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbir shunday nomlandi. "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kompaniya tadbiri doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yong‘in xavfsizlik qoidalari haqida tushuntirishlar berildi.

Bu borada o‘quvchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Маҳалла ёшлари иштирокида тадбирлар 

Куни кеча шаҳримиздаги иккита маҳаллада ёшларни бўш вақтларини мазмунли ташкил қилиш, ватанпарварлик руҳида  тарбиялашга йўналтирилган “Маҳаллабай ёшлар” тадбирлар режаси асосида концерт бўлиб ўтди.
“Янги Ўзбекистонда инсон азиз,  инсон қадрли” шиори остида “Оқ -олтин” маҳалласи ёшлари учун ташкил қилинган  концерт кўтаринки руҳда бўлиб ўтди. Шу куни маҳалла ёшлари учун каратэ спорт тўгарагида ҳам машғулотлар ўтказилди.

esh tashabbus 

Kattaqoʻrgʻon shahar maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimida Yoshlar ishlari agentligi va sport maktabi bilan birgalikda maktablarda "Besh tashabbus" olimpiadasini bu galgi mavsumini ham yuqori saviyada o’tkazish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM