Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Avval xabar berilganidek, bugun shahar Drama teatrida viloyat hokimi E.Turdimov rahbarligida Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Dastlab, viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi. Kattaqo‘rg‘on shahar sektor va tarmoq rahbarlari hamda hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va bandlik dasturlari ijrosi yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilish so‘ngida aniqlangan kamchiliklarni 10 kun muddat ichida bartaraf etish va tegishli mas’ullarning bu borada amalga oshirgan ishlari bo‘yicha joyida o‘rganishlar o‘tkazilishi va ularning qayta hisobotlarini eshitilishi belgilandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM