Mahallalarda ma’naviyat ustuvor bo‘lishi lozim

Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ish uslubini tubdan o‘zgartirish, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan bilan shug‘ullanishlari, ma’naviyati va ma’rifatini yuksaltirish mahallalar yettiligining kundalik ustuvor vazifasi bo‘lishi lozim. Zero, ma’naviyat yuksalgan joyda huquqbuzarliklar bo‘lmaydi. Tinchlik va osoyishtalik hukmron bo‘ladi. Insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat yanada yuksaladi,-deya ta’kidladi bugun shahar hokimi Gavhar Alimova “Qo‘shhovuz” mahallasi fuqarolari bilan bo‘lgan suhbatda.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahallalarni tinch va xavfsiz hududga aylantirish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish borasida mahalla yettiligining vazifalari, hamkorlikdagi faoliyati va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Fuqarolarning murojaatlari ham eshitildi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM