O‘quv seminari o‘tkazildi

Kuni kecha shahar Xalq qabulxonasida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun bilan ishlash, fuqarolar murojaatini rasmiylashtirish tartibi hamda takroriy murojaatlarni kamaytirish masalalari yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi. 

Seminarda shahar Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodieva, yetakchi mutaxassis N.Isomov, shahar xokimligi Devonxona mudiri J.Barakatov, shahar Adliya bo‘limi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi" bosh yuristkonsulti J.Zoxitov hamda shahardagi 20 dan ortiq tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlashga mas’ul mutaxassislari ishtirok etdi. 

Seminar davomida fuqarolar murojaati bo‘yicha tahlil qilinib, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun asosida murojaatlarni rasmiylashtirish, javob xatlarini "cabinetxq.gov.uz" platformasiga belgilangan tartibda kiritish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM