Ruxsat etilmagan joyga reklama joylashtirmang!

Ayni paytda Kattaqorgon shahar Kunjupay va Amir Temur mahallalarida ishchi guruh tomonidan qonun talablariga zid bo‘lgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari joyida tartibga keltirilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar, o‘z mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Sherov  Jahongir,
Kattaqorgon shahar hokimining maslahatchisi

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM