Mas’ullarga topshiriqlar berildi

Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda tegishli mas’ullar 1-sektordan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi kun tartibida ko‘rilgan masala ya’ni “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 20 moddasi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi  Qonunning 6-moddasi ijrosi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha shahar  mas’ullarining axborotini eshitdi va zaruriy topshiriqlarni berdi.

Shuningdek, shahar hududida “O‘zbektelekom” AK shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan aloqa sifatini yaxshilash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                      

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM