Hushyorlik-davr talabi

Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda mahallalarda tinchlik va aholi xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Unda Kattaqo‘rg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay tuman Ichki ishlar bo‘limi mutasaddilari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi mas’ullari va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan bildirilgan fikrlarda qayd etildiki, hushyorlik davr talabi. Loqayd va beparvo bo‘lmasdan ishga mas’uliyat bilan yondoshish zarur. Mahallada yashovchi har bir fuqaroning xonadoni, ijtimoiy ahvoli atroflicha o‘rganilishi kerak. Mahallaga kim kelib ketayapti, begona shaxslarni nazoratga olish, nizoli oilalar, uyushmagan yoshlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish profilaktika inspektorining asosiy vazifasidir.

Keltirildiki, yurtimizning tinchligini ta’minlash, vatanimizning kelajagi, uning xavfsizligi uchun daxldorlik hissi bilan yashash, haqiqiy el-yurt himoyachisi sifatida sharafli xizmatga bel bog‘lab, qasamyodiga sodiq holda xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish har bir ichki ishlar organi xodimining ustuvor shiori bo‘lishi zarur.

Hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan shaxslar muntazam nazoratda bo‘lishi, tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalar berildi. Zero, oilalar tinch bo‘lsa, mahalla tinch, yurt obod bo‘ladi.

Yig‘ilish yakunida har bir mahallada jinoyatchilik  va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM