YASHIL MAKON LOYIHASI AMALDA 

Kattaqo‘rg‘on shahrida joriy yilning bahor mavsumida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 100 ming tup har xil turdagi manzarali, mevali va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Bahorning hozirgi g‘animat kunlarida Kattaqo‘rg‘on shahridagi korxona-tashkilotlar, mahallalar hamda ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tomonidan filial hududiga 500 dona turli mevali hamda pavloniya daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shahrimiz bo‘ylab bahorgi ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM