Sportning Gandbol turi bo‘yicha

Image_tadbir: 

Joriy yilning 11-12 fevral kunlari Kattaqo‘rg‘on shahar sport maktabida Sportning Gandbol turi bo‘yicha U-14 o‘smirlar va o‘smir qizlar jamoalari o‘rtasida Samarqand viloyat Kubogi uchun musobaqa o’tkazildi.

Mazkur musobaqada shahrimizning yosh sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, o’gil bolalar jamoasi 1-o’rinni va qiz bolalar jamoasi esa 3-o’rinni egalladi.  

O’gil bolalar o’rtasida

I-o’rin Kattaqo’rg’on shahar jamoasi 
II-o’rin Samarqand shahar jamoasi
III-o’rin Ishtixon tuman jamoasi

Musobaqaning viloyat bosqichida faxrli 1-o’rinni egallagan Kattaqo’rg’on shahar o’smirlar jamoasi 13-19 fevral kunlari Namangan shahrida o’tkaziladigan Respublika turnirida ishtirok etadi.
 
Shahrimizning yosh sportchilariga omad tilaymiz! 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM