Eʼlon

ICHIMLIK SUVI TAʼMINOTI VAQTINCHA TOʻXTATILDI

Samarqand suv taʼminoti MCHJ Kattaqoʻrg'on shahar filialining nasos stansiyasida elektr jihozlarida kuzatilgan nosozlik tufayli bugun, 20 iyul kuni jadval asosida beriladigan ichimlik suvini etkazib berish vaqtincha toʻxtatildi. 

Mavjud nosozlik tez fursatlarda bartaraf etilib, ichimlik suvi taʼminoti qayta tiklanishini maʼlum qilamiz 

Samarqand suv taʼminoti MCHJ Kattaqoʻrg'on shahar filiali

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM