Olma daraxtini tagiga olma tushadi...

Image_tadbir: 

Kattaqo'rg'on shahar 17-IDUMda 2021-yilning 25-fevral kuni "Voyaga yetmaganlarning ta'lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning mas'uliyatini yanada oshirish" mavzusida maktab Kuzatuv kengashi a'zolari hamda sinf ota-onalar qo'mitasi a'zolari o'rtasida yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda maktab ma'muriyati ishtirok etib ota-onalarga bugungi kunda ta'lim sohasida olib borilayotgan yangi islohotlar, bolalarning bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etish, uy vazifalarini bajarishda nazoratni yanada kuchaytirish, davomatni yaxshilashda ota-onalarning javobgarligi hamda farzandini sifatli ta'lim olishida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar eslatib o'tildi. Mavzu yuzasidan ota-onalar o'z fikrlarini bildirishdi.

Maktabning matbuot kotibi X.D.Quvondiqov

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM