Events

14- IDUM o‘quvchilari tanlov g‘olibi bo‘ldi

Joriy yilda ilk marotaba “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi maktab o‘quvchilari o‘rtasida ham o‘tkazildi. Sport musobaqalari va tanlovlarda maktab o‘quvchi-yoshlari juda faol ishtirok etdilar.
Shu jumladan, olimpiada doirasida o‘tkazilgan "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik- tanlovining shahar bosqichi ham juda qiziqarli bo‘ldi. Unda shahrimizdagi 14 - IDUMning "Paxtakor" jamoasi faol qatnashib, maktablar orasida  faxrli 1 - o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Image_tadbir: 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM