Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda 30 ga yaqin fuqarolardan sog'ligini tiklash, kadastr, uy-joy olish, subsidiya, ekologiya, oilaviy va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Qabul davomida o'rganilgan murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi. 7 ta murojaatlarga qonuniy tushuntirishlar berildi va qolgan murojaatlarni nazoratga olinib, hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.