“AYOLLAR DAFTARI”DAGI XOTIN-QIZLAR TOSHKENTGA SAYOHATGA KETISHDI
Image_tadbir:
Kattaqo‘rg‘on shahrida ham shahar hokimligi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida bugun erta tongdan ularning 50 nafari yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahriga sayohatga yuborildi.
2 kunlik sayohat davomida xotin-qizlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtiriladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Axborot xizmati