"Robot-UZ 2021" robototexnika respublika tanlovi bòlib òtdi

Image_tadbir: 

Joriy yilning 7-9-aprel kunlari Òzbekiston Respublikasi oliy va òrta maxsus ta'lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida òquvchi-yoshlar, talabalar, yosh pedagoglar va korxonalarning yosh mutaxassislari uchun "Robot-UZ 2021" Robototexnika yònalishi bòyicha respublika tanlovi bòlib òtdi.
Ushbu tanlovda Kattaqòrģon shahar 11-IDUMda faoliyat olib borayotgan "Robototexnika" tògaragi a'zolari- maktabning 7-"B" sinf òquvchilari Azizbek Abdukarimov hamda Shaxriyor Toshpòlatovlar ham faol ishtirok etishdi hamda maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, maktabda òquvchilar uchun ushbu tògarakni yuritilishi uchun shart-sharoit yaratib berganligi uchun Kattaqòrģon shahar 11-IDUM direktori Salimova Ozoda Yusupovna hamda maktab jamoasi tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

11-IDUM
MMIBDÒ: Sunnatova N
Tògarak rahbari:  Rustamov D

2015-2021 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM